Oilaviy tadbirkorligimizni qayta yoʼlga qoʼymoqchi
Assalomu alaykum Agar qarshi bo‘lmasangiz oilam va ishim haqida aytib bersam.:
Men Sherboyev Bekzodjon O‘rol o‘g‘li 1994-yil 14-may Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilganman. Yoshim 26da. Bo‘ydoqman.
Oilada 5 kishimiz Dadajonim Oyijonim Akajonim Kelinoyim va men. Oilaviy tadbirkormiz oziq-ovqat do‘konlarimiz bor 3ta. Asosiy ish faoliyatimiz shu. 3 yil oldin o‘zimizning hududdan unchalik uzoq bo‘lmagan Toshkesgan QFYdan bir binoni xususiy qilib sotib oldik va u yerdan do‘kon ochdim. Aholisi 8ming bo‘lgan qishloqchada savdo juda yaxshi bo‘ladi. Odamlari ham o‘ziga to‘q. Xullas narmalniy ishni yo‘lga qo‘yvoldik. O‘tgan yili 2019-yil o‘rtalarida Dadam og‘irlashib yura olmay yotib qoldi. Umurtqa grijasidan. Davolatdik oyoqqa turib yurib kettilar alhamdulillah. Shu orada akamni uylantirdik 29-sentyabr kuni. Obarotdan boshqa zaxira pulimiz bo‘lmaganligi sabab Dadamni davolatishga va akamni uylantirishga Obarotni pulini ishlatdik va hozirgi kunda savxo‘zdagi magazinlarim ishlamay turipti 2019-yil dekabrdan beri. Avvallari o‘sha magazinlarimda juda zo‘r savdo bo‘lardi. Shahardagidan u yoqda yaxshi savdo bo‘lardi men uchun katta savxo‘z raqobat kam. Magazinim ham katta. Obshi 14ta xonasi bor choyxona maqsadida 86 yil sovet davrida qurilgan. 58 plitalar bilan. Men magazin qilgan xonam 12metrga 12 metr 150 kv. Qolgan bir ikta xonalarini salon, pikarniy, paynetga arengaga berganmiz. Xullas ishlashga ajoyib imkoniyat. Arendaga bervoray desam 1 2 million so‘mga oladi undan o‘zim ishlatsam yaxshi foyda qoladi. Do‘konimni bankka zalokka qo‘yib pulchiqarmoqchi edik lekin banklar o‘lik bittasini ortidan 8 oy yugurdik be foyda. Xullas bir ikta loihalarga pul tikkanizni eshitgandim. Mening ham biznesimga ozroq mablag‘dan yordam qilsangiz, 50 ming $lar atrofida. Men ham sizlarga o‘xshab 26 yoshimda katta bizneslar qilib oyoqqa turib ketardim Inshaolloh. Olloh qodir qilguncha 1 yil uzog‘i bilan 1 yarim yil ichida qaytarardim. Xudo hohlasa qo‘limdan kelganicha xizmatizni qilardim. Iloji bo‘lsa tel orqali bog‘lanolsak yana ham batafsilroq aytib bererdim. Imkoni bo‘lmasa yo‘q desangiz ham javob berib qo‘ying. Chiqmagan jondan umidda. Ee uzur akajon ukacham qolib ketipti 24-iyunda tug‘ildi bir oylik ismi Nizomjon!
Oldindan kattakon raxmat!!!
+998 99 650 18 68
Bekzodjon
www.sherbek0205@gmail.com
www.bek0205@gmail.com